Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fuqarolarni Yevropaga ishga yuborishini va’da qilgan MChJ rahbari ushlandi
Toshkent shahrida fuqarolarni Yevropa davlatlariga ishga yuborishini va’da qilgan MChJ rahbari qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chilonzor tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Ch.g MChJ rahbari G‘.K. (muqaddam sudlangan) fuqaro B.R. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularga soxta sertifikat va diplom tayyorlab berish orqali Yevropa davlatlariga ishga yuborishini va’da qilib, evaziga B.R.dan 4500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv jarayonida, MChJ rahbari G‘.K. fuqaro U.T. va boshqalarni aldab, ularni chet elga ishga yuborishi evaziga 25,8 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi, shuningdek 5 nafar fuqaroning nomiga H-W. MChJda turli kasblarga o‘qiganligi to‘g‘risida soxta sertifikatlar tayyorlab qo‘yganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025