O‘zbekiston | 17:00 / 04.08.2024
5141
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Rainbow Agro - O‘simliklarni himoya qilish sohasida dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri O‘zbekistonda!

Foto: Rainbow Agro

Jahon tajribasidan ma’lumki, qishloq xo‘jaligi mamlakat iqtisodining eng muhim tayanch tarmoqlaridan biri. Ayniqsa, hududining ko‘pgina qismi agroxo‘jalikka ixtisoslashgan, aholi soni esa tobora oshib borayotgan O‘zbekiston uchun bu yo‘nalishning o‘rni va ahamiyati nihoyatda katta. Qolaversa, mamlakatimiz umumiy yalpi ichki mahsulotda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ulushi 24 foizni tashkil etadi. Bu o‘z navbatida soha oldiga ekinlarni sog‘lom va xavfsiz yetishtirish, mahsuldorlik va sifatni oshirish kabi dolzarb vazifalarni qo‘yadi.

O‘simliklarni himoya qilish borasida qariyb 25 yillik tajribaga ega, dunyoning yetakchi kompaniyalarida biri – Rainbow Agro mana bir necha yildirki ayni shu maqsad bilan O‘zbekiston agrar sektori rivoji yo‘lida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Kompaniya 2000 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosan ekinlar uchun zarur bo‘lgan turli fungitsid, gerbitsid, insektitsid, o‘sishni boshqaruvchi regulyatorlar va biostimulyatorlarni ishlab chiqarish hamda yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi global kompaniya hisoblanadi.

Bugungi kunda Rainbow Agro yirik ishlab chiqaruvchi sifatida yer sharining 5 qit’asida 90 dan ortiq davlatlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Korxonaning strategik ishlab chiqarish zavodlari Xitoyda joylashgan bo‘lib, Ispaniya, Argentina va AQShda ham uning zamonaviy ishlab chiqarish markazlari mavjud. Jahon bo‘ylab kompaniyaning 7000 dan ortiq mahsulotlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan va 230 dan ortiq ilmiy ishlanmalarini patentlashga erishgan. Kompaniya tizimida 4500 mingga yaqin ishchi xodimlar faoliyat yuritadi. Yillik tovar aylanmasi hajmi esa, 2,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi.

Har qanday soha rivojida ilmiy yondashuvning ahamiyati yuqori. Bu qishloq xo‘jaligida, ayniqsa muhim. Shu bois kompaniya jahon standartlari talabi asosida 2 ta R&D ilmiy tadqiqot markazini ham ishga tushirgan. Bu yerda o‘z sohasining yetuk mutaxassislari, professor olimlari faoliyat yuritib, ular preparatlarning yuqori sifatini ta’minlash maqsadida muntazam tadqiqot ishlarini olib borishadi, yangi ishlanmalar ustida bosh qotirishadi.

O‘rni kelganda aytish kerak, Rainbow Agro Uzbekistan mamlakatimizga 2021 yilda kirib kelgan bo‘lsa-da, shu qisqa fursat ichida allaqachon katta yutuqlarni ham qo‘lga kiritdi. Hozirgi kunda kompaniya respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab o‘n minglab dehqon va fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatib keladi. Bundan tashqari yirik agro holdinglar, klasterlar, ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ham yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Buyurtma asosida 100 ga yaqin mahsulotlarni kompaniyaning ishlab chiqarish zavodlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri fermer va dehqonlarga yetkazib beradi. Shuning uchun ham kompaniya mahsulotlari hamyonbopligi, ishonchli va sifatliligi bilan boshqa firma mahsulotlaridan ajralib turadi.

Kompaniya shiori – Barchasi o‘sish uchun! Halollik, tezkorlik, mijozlarga yuksak darajadagi e’tibor. Bu esa kompaniyaning asosiy qadriyatlaridan sanaladi. Ayni shu mezon asosida barcha hududlarda malakali agronom xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Ular urug‘ni yerga qadashdan tortib to hosil yetilgungacha bo‘lgan jarayonda mirishkor dehqonu fermerlar bilan yelkama-yelka turib, o‘z maslahat va tavsiyalarini berib borishadi. Har bitta hududning iqlim sharoiti, tuproq unumdorligi, zararkunanda va kasalliklarning turi va ta’sir doirasiga qarab o‘ziga xos yechimlarni taklif qilishadi. Darvoqe, doimiy konsultatsiya berish uchun 24/7 rejimda call markazlari (tel: +99855 500 26 00) ham ishga tushirilgan.

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida har yili dala kushandalari va kasalliklar sabab 30-35 foizgacha, ayrim davlatlarda esa, 50 foizgacha hosil nobud bo‘lmoqda. Buning natijasida har yili jahon iqtisodiyotiga 1,4 trillion dollardan ko‘proq zarar yetkazilmoqda. Natijada bu oziq-ovqat xavfsizligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Qishloq xo‘jaligidagi mana shunday global inqirozning oldini olish – Rainbow Agro kompaniyasining asosiy maqsadlaridan biri. Bunga kompaniyaning imkoniyatlari ham, salohiyati ham yetarli.

Rainbow Agro kompaniyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari

Cayt: rainbowagro.com

Cayt: rainbowagro.com/uzbekistan

Instagram: @rainbowagrouzbekistan

Telegram: t.me/rainbowagrouzb

Telefon: +99855 500 26 00

Reklama huquqi asosida