Telegramdan soxta havola jo‘natib o‘zganing 27 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
U Telegram messenjerida yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola joylagan. So‘ng uni ochgan jabrlanuvchining bank kartasiga ulanib, pullarini o‘z kartasiga o‘tkazib olgan.
Telegramdan soxta havola yuborib, o‘zganing 27 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yashovchi M.O. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 27 mln so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi 34 yoshli J.G. sodir etgani aniqlandi.
Unga ko‘ra, J.G. internet foydalanuvchilariga Telegram orqali yolg‘on e’lonlar ostida soxta dastur, havola jo‘natib kelgan. Jabrlanuvchi M.O. bu e’lonlarga ishongan va havolani yuklab olgan.
Shundan so‘ng J.G. jabrlanuvchining bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning hisobidagi 27 mln so‘m pullarini o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan va ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan J.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi ”b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxslarga 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Mavzuga oid
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:39 / 21.11.2024
SSSR tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik: qatl etilgan amakivachchalar
19:06 / 01.11.2024
Kiberxavfsizlik markazi Telegram orqali tarqalayotgan viruslardan ogohlantirdi
13:28 / 09.10.2024