Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda hukumatga qarshi namoyishlarda 48 kishi halok bo‘ldi
Dakka va ba’zi hududlarda «muddatsiz komendantlik soati» e’lon qilindi.
Bangladeshda Ozodlik uchun urush faxriylari oilalariga davlat sektori kvotalari ajratilganidan keyin boshlangan hukumatga qarshi norozilik namoyishlarida 48 kishi halok bo‘ldi.
O‘tgan haftalarda «davlat sektori kvotasi qaroriga» qarshi namoyishlarda 200 dan ortiq odam halok bo‘lganidan keyin butun mamlakat bo‘ylab hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.
Tiklangan namoyishlarda «soliq to‘lamaslik va ishga bormaslik» chaqirig‘i bilan chiqqan namoyishchilar ba’zi jamoat binolariga hujum qilib, bir nechta mashinaga o‘t qo‘yishdi, deya xabar beradi mahalliy OAV.
Rasmiylar bildirishicha, mamlakat turli hududlarida politsiyaning hukmron Avami Lig partiyasi tarafdorlari va namoyishchilar bilan to‘qnashuvi oqibatida 48 kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar yaralangan.
Poytaxtda «muddatsiz komendantlik soati» e’lon qilindi
Dhaka Tribune xabariga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi Dakka va ba’zi hududlarda «agar boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, muddatsiz komendantlik soati» e’lon qilinganini bildirdi.
Hukumat, shuningdek, mamlakatda 3 kunlik ta’til e’lon qildi.
Vaqti-vaqti bilan qisman bekor etilgan komendantlik soati iyul oyi oxiridan beri mamlakatda amal qilmoqda.
Mavzuga oid
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
10:11 / 28.03.2025
Isroilda hukumatga qarshi namoyishlar qayta boshlandi
09:30 / 28.03.2025
Turkiyadagi norozilik namoyishlari: 1900 ga yaqin kishi qo‘lga olindi
09:34 / 25.03.2025