Jahon | 09:18 / 05.08.2024
1914
1 daqiqa o‘qiladi

Filippinda 6,3 magnitudali zilzila yuz berdi

Zilzila episentri Filippin arxipelagining janubidagi Mindanao oroli qirg‘oqlarida joylashgan.

Foto: iStock

Filippin janubidagi Mindanao oroli qirg‘oqlarida 6,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

AQSh Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishlari 16 km chuqurlikda qayd etilgan.

Qurbonlar va sunami haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q.

Dunyodagi eng seysmik faol mamlakatlardan biri Filippin Tinch okeanining seysmik zonasida joylashgan bo‘lib, u «Olov halqasi» deb ham ataladi.

«Olov halqasi» - Tinch okeanining perimetri bo‘ylab cho‘zilgan kuchli vulqon va seysmik (zilzila) faollik maydoni.

Mavzuga oid