Jahon | 14:40 / 05.08.2024
2453
1 daqiqa o‘qiladi

JARda 90 nafar efiopiyalik migrant odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan ozod qilindi

Shuningdek, politsiya Yoxannesburgda odam o‘g‘irlashda ishtirok etganlikda gumon qilingan ikki kishini qo‘lga oldi. 

Janubiy Afrika respublikasi (JAR) politsiyasi odam savdogarlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan 90 nafar efiopiyalik noqonuniy muhojirni ozod qildi. 

JAR politsiyasining ma’lum qilishicha, ular Yoxannesburgda keyinchalik to‘lov undirish evaziga o‘g‘irlab ketilgan Efiopiya fuqarosini qutqarishga qaratilgan operatsiya davomida ozod qilingan. 

Politsiyaning ta’kidlashicha, odamlar «g‘ayriinsoniy sharoitda» bitta binoning xonalariga qamab qo‘yilgan. 

Shuningdek, politsiya voqeaga aloqadorlikda gumon qilingan ikki kishini binoda qo‘lga oldi.

Mavzuga oid