Jahon | 22:17 / 05.08.2024
5878
2 daqiqa o‘qiladi

Moldovalik deputat ari chaqishidan vafot etdi

Marhum deputat Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati masalalari bo‘yicha parlament komissiyasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Foto: Parlament.md

Moldova hukmron partiyasi «Harakat va birdamlik» (PAS)dan saylangan parlament deputati Yuriy Pasat 5 avgust kuni ari chaqishi natijasida sodir bo‘lgan anafilaktik shok oqibatida vafot etdi, deb xabar beradi TV8.

Pasat 52 yoshda edi. Parlamentda u Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati masalalari bo‘yicha parlament qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Bunga qadar u Xincheshskiy tumanidagi 2014 yil holatiga ko‘ra, aholisi 1597 kishini tashkil etgan Bolchana qishlog‘i meri bo‘lgan.

«Harakat va birdamlik» markazchi o‘ng va yevropaparast partiya hisoblanadi. U 2016 yilning mayida sobiq ta’lim vaziri, hozirda amaldagi prezident Mayya Sandu tomonidan tashkil etilgan. Parlament spikeri partiya raisi Igor Grosu hisoblanadi. PAS parlamentda 101 ta o‘rindan 62 tasiga egalik qiladi.

Aprel oyida Moldova Konstitutsion sudi mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha referendum o‘tkazish to‘g‘risida ijobiy xulosa bergan, «Harakat va birdamlik» esa uni 2024 yilning 20 oktabr kuni, respublika prezidentligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovlarda o‘tkazish taklifini bergandi.

Mavzuga oid