O‘zbekiston | 19:20 / 06.08.2024
5053
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda mahbusning jazosini yengillashtirib berish evaziga 10 ming dollar pora so‘ragan IIB mansabdoriga hukm o‘qildi

Jizzaxda hibsda saqlanayotgan shaxsga yengil jazo tayinlatishini aytib 10 ming dollar talab qilgan va shundan 5 ming dollarini olgan IIB mansabdori ushlangan.

Oliy sud matbuot kotibining xabar berishicha, jinoyatga qo‘l urgan IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘iga sud hukmi o‘qilgan

Ma’lum bo‘lishicha, Sharof Rashidov tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i hibsda saqlanayotgan shaxsga oziq-ovqat, yaqinlari bilan telefon orqali suhbat tashkil etib berish evaziga 400 dollar olgan.

So‘ng advokat tanishi va sudya tanishlari orqali ayblanuvchining jazosini yengillashtirib berishini aytib 10 ming dollar so‘ragan.

DXX odimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan. “Markaziy studiya” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tumani sudida ko‘rib chiqilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddasi (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) bilan 2 yil 6 oy IIV tizimida mansabdor va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etilgan.

Bundan tashqari, unga 6 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilgan.

 

Mavzuga oid