Jamiyat | 16:53 / 06.08.2024
7939
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda erkak haydovchi Malibu’ni 173 km tezlikda boshqardi

U yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, tungi Toshkentda katta tezlikda sayr qilganini Instagram'dagi sahifasiga joylashtirgan.

Foto: Videodan kadr

Instagram tarmog‘ida sab1rjanav_777 akkaunti egasi Toshkent shahridagi ko‘chalardan birida Malibu 2 avtomobilini yuqori tezlikda haydagani aks etgan videoni stories'iga joylashtirgan.

Yigit Malibu 2 da 173 km tezlikka chiqqani ko‘rinadi. U bu tezlikka chiqquncha chorrahada yo‘l chizig‘i ustidan harakatlanib, yana bir qoidani buzgan.

Uning Instagram stories’iga qaralsa, u tezlikning ashaddiy ishqibozi ekanligi oydinlashadi. Xususan, uning yana bir videosida mototsiklda 190 km tezlikda harakatlangani aks etgan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Kun.uz (@kun.uz)

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda transport vositalariga ruxsat etilgan maksimal harakatlanish tezligi:

• Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat va tuman markazlarida 60 km/soat;
• boshqa aholi punktlarida 70 km/soat;
• aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobillarga 100 km/soat, shaharlararo qatnaydigan avtobus va yuk mashinalariga 90 km/soat deb belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angrenda 157 km/soat tezlikda harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan Equinox haydovchisiga chora ko‘rilgandi. Haydovchi o‘shanda bunday yuqori tezlikda haydash mumkin emasligini bilmaganini aytgandi.

Mavzuga oid