O‘zbekiston | 09:47 / 07.08.2024
5908
1 daqiqa o‘qiladi

G‘ozg‘on shahriga yangi hokim tayinlandi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida faoliyat yuritgan Nurali Jo‘rayev Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahri hokimi etib tayinlandi. Shaharning avvalgi hokimi Azim Bozorov prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda faoliyatidagi tizimli kamchiliklar sababli ishdan olingandi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Jo‘rayev Nurali Shuhratovich G‘ozg‘on shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahri kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi G‘ozg‘on shahri hokimi vazifasiga Jo‘rayev Nurali Shuhratovich tayinlanganligini e’lon qilgan. U tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hududlarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritgan.

Nurali Jo‘rayev 1988 yilda Qiziltepa tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini va Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetini iqtisodchi, buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2020 yil noyabridan buyon G‘ozg‘on shahriga rahbarlik qilib kelgan Azim Bozorov avvalroq prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli ishdan olingandi.

Mavzuga oid