Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yil yakunigacha 2,1 mln kishi daromadli ish bilan ta’minlanadi - Behzod Musayev
Ular asosan qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalari kesimida bo‘ladi. Bandlik vaziri Behzod Musayevga ko‘ra, hozirgi kunda 2,9 mln nafar odam doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish bilan ta’minlangan.
2024 yilning 2-yarmidagi taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, yil tugashiga qadar jami 2,1 mln nafar odam daromadli ishlarga joylashtiriladi. Bu haqda Oliy Majlis quyi palatasining yig‘ilishida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev xabar berdi.
Qayd etilishicha, qishloq xo‘jaligi sohasining kelayotgan mavsumiy yig‘im-terim ishlariga salkam 500 ming nafar odam jalb qilinadi.
Aholi uchun turizm maskanlari, 68 ta hududdagi xalqaro avtomobil yo‘llaridagi xizmat ko‘rsatish va savdo obektlarini tashkil etish orqali 500 mingta, yil yakuniga qadar 656 ta ko‘p qavatli uylar, yangi O‘zbekiston massivlari hamda 1 416 ta ijtimoiy obektlarni qurish va rekonstruksiya qilishda 60 mingta ish o‘rni yaratiladi.
Shuningdek, yil yakunigacha 5 mingdan ortiq investitsion loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ularda 197 ming nafar fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.
Musayev so‘nggi 6 oyda “yangiish.mehnat.uz” elektron platformasiga kiritilgan ma’lumotlar tahlil qilinganini, O‘zbekistonning 2,9 mln nafar aholisi ayni vaqt doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band ekanini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, eng ko‘p daromadli mehnatda respublika miqyosida jami 1,5 mln nafardan ko‘proq odam ishlaydi. Hududlar kesimida hisoblaganda Qashqadaryoda 446 ming, Andijonda 244 ming, Fargonada 284 ming, Toshkent viloyatida 293 ming hamda Surxondaryoda 247 ming nafarni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, bandlik dasturi doirasida tashkil etilgan ish o‘rinlari va band bo‘lgan aholini onlayn rejimda kuzatib borish maqsadida tegishli vazirlik va idoralarning elektron ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilingan “yangiish.mehnat.uz” elektron platformasi ishga tushirilgan.
Mavzuga oid
16:28 / 23.09.2024
Behzod Musayev yangi lavozimga o‘tkazildi
16:19 / 23.09.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘zgardi
15:10 / 17.09.2024
“O‘zbek hamshiralari Germaniyaga 2200 yevro topgani jo‘natilmoqda” – Behzod Musayev
15:41 / 08.08.2024