Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari AQSh harbiylariga hujum qilmaslik haqida ogohlantirdi
Lloyd Ostin Iroqdagi AQSh bazasiga qilingan hujumga izoh berdi.
Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilariga amalga oshirilgan hujumlarga toqat qilmaydi.
Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Iroqdagi «Ayn al-Asad» bazasiga qilingan hujum natijasida amerikalik armiya askarlarining jarohat olganini izohlar ekan, aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum ortida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan shia jangchilari turibdi. Biroq voqea yuzasidan tergov hali yakunlanmagani uchun u aniq bir guruh nomini aytmadi.
Pentagon rahbarining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Isroilni himoya qilish uchun Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini kuchaytirmoqda.
Shu bilan birga, u vaziyat keskinlashuvining pasayishi mintaqadagi barcha mamlakatlarga foyda keltirishini ta’kidladi. Ostinning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar bu yo‘nalishda faol harakat qilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025