Sport | 21:08 / 08.08.2024
3729
1 daqiqa o‘qiladi

Pepe 41 yoshda futbolchilik faoliyatini yakunladi

Portugaliya milliy jamoasi himoyachisi Pepe futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Foto: Getty Images

41 yoshli himoyachi bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilgan.

Pepening so‘nggi jamoasi «Portu» klubi bo‘lgandi. U bu jamoaga 2019 yilda qaytgan va yozda amaldagi kelishuvi nihoyasiga yetgandi. Markaziy himoyachi «Maritimu», «Real» va «Beshiktosh» klublari sharafini ham himoya qilgan.

Pepe «Portu» safida 4 karra Portugaliya chempioni, «Real» bilan 3 karra Ispaniya chempioni, 3 marta YeChL g‘olibi va 2 martadan Ispaniya kubogi va Superkubogi sohibiga aylangan.

Shuningdek, Pepening hisobida Portugaliya safida o‘tkazilgan 141 o‘yin ham bor. U milliy jamoasi bilan 2016 yilgi Yevropa chempionati g‘olibiga aylangan edi.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid