O‘zbekiston | 17:00 / 09.08.2024
2288
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Tanlovning hududiy bosqichlari yakunlandi

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab "Biznesni rivojlantirish banki" ATB va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qilgan edi.

Joriy yilning 6-8 avgust kunlari ko‘rik-tanlovning hududiy bosqichlari g‘olib va sovrindorlari e’lon qilindi.

Tashkilotchilar tomonidan loyihalar tashabbuskorlari www.biznes-portal.uz elektron platformasi orqali ariza yuborib, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi ishtirokchisiga aylangan bo‘lishi tanlovning asosiy sharti sifatida belgilandi.

Tanlovga 186 ta tumandan 1189 ta onlayn ariza kelib tushdi. "Biznes portal"ga biznes loyihalar haqidagi 896 ta video yuklandi. 

Loyihalarni baholashda mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va eksportni ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarga ustuvorlik berildi. 

“Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami arafasida e’lon qilinadi. 

Tanlovda eng yaxshi deb topilgan biznes loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-306 sonli qaroriga asosan joriy etilgan tartib asosida “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan imtiyozli shartlarda moliyalashtiriladi.

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid