Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyada koronavirus tufayli kasalxonaga murojaat etganlar soni 4 hafta ichida 6 barobarga oshdi
Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yuqtirganlar sonining ko‘payishiga qaramay, bemorlarning 90 foizdan ortig‘i kasallikni yengil o‘tkazgan.
Janubiy Koreyada koronavirus tufayli kasalxonalarga murojaat qilganlar soni so‘nggi to‘rt hafta ichida olti baravar oshdi.
Yonhap agentligi Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi (KDCA) ma’lumotlariga tayanib ma’lum qilishicha, avgust oyining birinchi haftasida Covid-19 tufayli kasalxonalarga 861 kishi yotqizilgan.
Koronavirus bilan kasallanish darajasi joriy yilning fevral oyidan beri eng yuqori darajaga yetdi.
Yuqtirganlar sonining ko‘payishiga qaramay, bemorlarning 90 foizdan ortig‘i kasallikni yengil o‘tkazgan.
Rasmiylar 65 yoshdan oshgan kishilarni Covid-19'ga qarshi emlash jarayoni oktyabr oyida davom etishini e’lon qildi.
Mavzuga oid
09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi
10:29 / 24.03.2025
Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga nisbatan impichment bekor qilindi
10:55 / 19.03.2025
Koreyaning Ulsan shahar meriyasi orqali O‘zbekiston fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari joriy etiladi
15:44 / 05.02.2025