«Paxtakor»ning marhum futbolchilari xotirasiga 45 yil oldingi «O‘ynalmagan match» o‘tkazildi
1979 yilgi aviahalokatda qurbon bo‘lgan «Paxtakor» futbolchilari xotirasiga Minsk shahrida tadbir tashkil etildi.
11 avgust kuni Belarus poytaxti Minsk shahrida 45 yil avval mudhish aviahalokatda vafot etgan «Paxtakor» futbolchilari xotirasiga bag‘ishlangan noyob futbol tadbiri - «O‘ynalmagan match» bo‘lib o‘tdi.
«Dinamo-Yuni» stadionida 1979 yilgi muhitni qayta tiklash maqsadida Toshkentning «Paxtakor» va Minskning «Dinamo» klubi faxriylari o‘rtasida do‘stona o‘yin o‘tkazildi. O‘yinda «Paxtakor» faxriylari, jumladan, turli sabablarga ko‘ra 1979 yilgi mash’um reysdan qolib ketgan futbolchilar hamda Minskning «Dinamo» jamoasi faxriylari ishtirok etdi.
O‘yin «Dinamo-Yuni» stadionida yuzlab tomoshabinlarni to‘pladi, ular jamoalarni shovqin-suron bilan qo‘llab-quvvatladilar. Tashkilotchilar tafsilotlarga alohida e’tibor berdi: futbolchilar va hakamlar qayta tiklangan retro liboslarni kiydi, tadbir dizayni SSSR Oliy ligasining 42-chempionati uslubiga mos keldi. Tadbirda marhum sportchilarning bevasi va farzandlari ham faxriy mehmon bo‘ldi.
«Paxtakor» tarkibida Axmad Ubaydullayev, Marat Kabayev, Gennadiy Denisov, Igor Shkvirin kabi faxriylar maydonga tushdi. Ammo to‘laqonli tarkib to‘planmagani uchun yaqin o‘tmishda Belarus yetakchi futbolchilarini jamlagan «D-Media» jamoasining yosh va g‘ayratli vakillari bilan to‘ldirildi. Do‘stona ruhda o‘tgan o‘yin 6:6 hisobidagi durang natija bilan tugadi.
1979 yil 11 avgustda yuz bergan aviahalokat 178 kishi, jumladan, «Paxtakor»ning 17 nafar futbolchisi va murabbiylar shtabi a’zolarining hayotiga zomin bo‘lgan edi. Toshkentliklar Oliy liganing navbatdagi turida Minskning «Dinamo» klubiga qarshi maydonga tushishi kerak edi. Biroq, aviahalokat tufayli bu o‘yin o‘tkazilmadi. Dneprodzerjinsk osmonida ikkita Tu-134 samolyotining to‘qnashuvi futbol tarixidagi eng dahshatli fojialardan biriga aylandi.
Mavzuga oid
18:13
Shatskix «Paxtakor»dagi vazifasiga qaytgach, Tojiyev, Cheran, Sobirxo‘jayev qaydnomaga ham kiritilmadi
13:50 / 02.11.2024
«Paxtakor» metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi
11:56 / 02.11.2024
Aviatsiya tarixidagi g‘alati halokat: uchuvchi nega samolyotni tog‘ga olib borib urgandi?
22:43 / 21.10.2024