Jahon | 20:50 / 12.08.2024
4128
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik shifokorlar yashil qonli bemor hayotini saqlab qoldi

Uzoq yillar davomida spirtli ichimliklar iste’mol qilish tufayli uning jigari ishlamay qolgan.

Foto: Ctwant

Xitoylik shifokorlar Shenchjen shahrida istiqomat qiluvchi erkak hayotini saqlab qolishdi, uning qoni yashil tus olgan edi.

World of Buzz xabariga ko‘ra, 36 yoshli erkak nafas qisilishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilish shikoyati bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Uning terisi va ko‘z rangi ham o‘zgargan.

Shifokorlar bemordan tahlil olib, uning qoni och yashil tusga kirganini aniqlagan. Tekshiruv natijalari shuni ko‘rsatdiki, erkakda o‘tkir shakldagi gepatit rivojlanib, sariqlik paydo bo‘lgan. Uzoq yillar davomida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish tufayli jigar ishlamay qoldi.

Endi xitoylik uzoq muddat davolanishiga to‘g‘ri keladi. U spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni to‘xtatib, sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish niyatida ekanligini aytgan.

Mavzuga oid