Amerikalik harbiy Xitoyga maxfiy ma’lumotlar sotganini tan oldi
O‘ta maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash huquqiga ega bo‘lgan serjant Shuls Gonkongda yashovchi shaxs bilan o‘zaro til biriktirgan.
AQSh Adliya vazirligi armiya tahlilchisi Xitoyga harbiy sirlarni sotish uchun til biriktirganlik bo‘yicha aybini tan olganini ma’lum qildi.
Serjant Korbeyn Shuls FQB hamda AQSh armiyasi kontrrazvedkasi tomonidan o‘tkazilgan tergovdan keyin hibsga olingan edi. Aniqlanishicha, u xavfsizlik masalalariga bog‘liq o‘nlab maxfiy ma’lumotlarni berish evaziga 42 ming dollar olgan.
Mas’ullarning so‘zlariga ko‘ra, jinoiy fitna 2022 yilning iyunida boshlangan va hibsga olinguniga qadar davom etgan. Serjantga nisbatan hukm yanvar oyida e’lon qilinadi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, o‘ta maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash huquqiga ega bo‘lgan serjant Shuls Gonkongda yashovchi shaxs bilan o‘zaro til biriktirgan. O‘z navbatida u Shulsdan raketalarga qarshi mudofaa va mobil artilleriya tizimlariga oid maxfiy ma’lumotlar to‘plashni so‘ragan.
Serjant Shuls, shuningdek, Amerika qiruvchi samolyotlari, harbiy taktika hamda AQSh qurolli kuchlarining Tayvanga nisbatan mudofaa strategiyasiga bog‘liq ma’lumotlarni ham to‘plagan.
13 avgust kuni serjant o‘ziga nisbatan ilgari surilgan barcha, jumladan, milliy mudofaaga taalluqli ma’lumotlarni to‘plash va oshkor etish maqsadida til biriktirganiga oid ayblovlarni ham tan oldi. FQB va AQSh armiyasi Kontrrazvedka boshqarmasi mazkur ish bo‘yicha tergov harakatlarini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
19:13 / 21.11.2024
Xitoyda 83 mlrd dollarlik oltin zaxirasi topildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
23:34 / 19.11.2024