Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya COVID-19 holatlari ko‘paygani sababli kurash choralarini kuchaytiradi
Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi (KDCA) o‘sib borayotgan COVID-19 holatlarini nazorat ostiga olish choralarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Janubiy Koreya butun mamlakat bo‘ylab holatlar soni ortib borayotgan bir paytda COVID-19 bilan kurashish uchun joriy profilaktika choralarini kuchaytiradi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabar berdi.
Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi (KDCA) o‘sib borayotgan COVID-19 holatlarini nazorat ostiga olish uchun choralarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Rasmiylar vaziyatni kuzatish, infeksiyalarni tahlil qilish va davolashni boshqarishni yaxshilash uchun tezkor reaksiya bildirish guruhi kengaytirilishini aytdi.
Rasmiylar, shuningdek, 14 avgust kuni ekspertlar bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda, chunki ular avgust oyining oxiriga qadar butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 holatlari ko‘payishi kutilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, avgust oyining birinchi haftasida Janubiy Koreya shifoxonalariga COVID-19 tashxisi bilan yotqizilgan bemorlar soni 861 nafarga, to‘rt hafta ichida esa olti barobarga oshgan.
65 yoshdan oshgan kishilarni COVID-19’ga qarshi emlash jarayoni oktyabr oyigacha davom etadi, dedi rasmiylar.
Mavzuga oid
09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi
10:29 / 24.03.2025
Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga nisbatan impichment bekor qilindi
10:55 / 19.03.2025
Koreyaning Ulsan shahar meriyasi orqali O‘zbekiston fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari joriy etiladi
10:41 / 13.03.2025