Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sholi yetishtiruvchilar faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi
Xorazm viloyatida sholi yetishtiruvchilarga qo‘shimcha subsidiyalar ajratiladi. Ba’zi korxonalarga guruchni eksport qilishga ruxsat beriladi.
«Sholi yetishtiruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 sentabrdan fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga sholi yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
2025–2026 yillarda sholi ekish uchun xarid qilingan va ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi urug‘ seyalkalari hamda ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizi davlat budjetidan subsidiyalar ajratish orqali qoplab beriladi.
Xorazm viloyatida sholi yetishtiruvchilarga quyidagi qo‘shimcha subsidiyalar ajratiladi:
- sholi yetishtirish uchun har bir gektar lazerli tekislangan maydonga sarflangan yoqilg‘i-moylash materiallari xarajatlarining 100 foizini, biroq bir gektar uchun umumiy xarajat miqdorining 1 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismini qoplash uchun;
- zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun.
2024 yil hosilidan, istisno tariqasida, Xorazm viloyatidagi 120 sentner va undan yuqori hosil olgan qishloq xo‘jaligi korxonalariga yetishtirilgan sholining 50 foizdan oshmagan guruch mahsulotini eksportga yo‘naltirishga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
11:15 / 12.05.2025