Malayziya O‘zbekistonda sut mahsulotlari va salqin ichimliklar ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Etika Dairies Sdn Bhd kompaniyasi ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurib, eksport bo‘yicha kompaniya bosh menejeri Chang Jyen Chung bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot avvalida Jyen Chung kompaniya faoliyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi. Uning aytishicha, kompaniya ko‘p yillardan buyon "Halol" standartlari asosida sut mahsulotlari va salqin ichimliklarni ishlab chiqarish hamda yetkazib berish bo‘yicha mamlakatda yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda.
Kompaniyaning ulkan tajribasi va salohiyati, shuningdek mamlakatimizda tabiiy sut va sarxil mevalarni qayta ishlash uchun xomashyo bazasi mavjudligini inobatga olgan holda, Malayziya tomoniga "Halol" standartlari asosida O‘zbekiston hududlarida sut mahsulotlari va quruq sut, salqin ichimliklar, turli xil sharbatlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni o‘zaro hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
"O‘zbekiston aholisi soni va mamlakatning tez suratlarda rivojlanib borayotganligini inobatga olib, mamlakatingiz bozori kompaniyamiz uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin. Kompaniya mahsulotlariga bo‘lgan talabni o‘rganish, mavjud xomashyo bazasini inobatga olgan holda ishlab chiqarish imkoniyatlarini tahlil qilish uchun vakillarimizni O‘zbekistonga yuborishga tayyormiz", – dedi bosh menejer Chang Jyen Chung.
Mavzuga oid
13:27 / 21.11.2024
O‘zbekiston fuqarolari Malayziyada qonuniy asosda ish bilan ta’minlanishi mumkin
12:01 / 21.11.2024
Malayziya universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshiriladi
10:10 / 29.10.2024
Malayziya O‘zbekiston davlat idoralariga quyosh panellarini o‘rnatishni boshlaydi
15:52 / 25.10.2024