O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Baxtiyor Saidov hamda Murat Nurtleu o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleuning telefon orqali muloqoti chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
«O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil avgust oyida Ostona shahriga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha Qozog‘iston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirishga qaratilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amaliy amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi», deyiladi bayonotda.
Tomonlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashdi va kelgusi davr uchun xalqaro tadbirlar jadvalini muhokama qildi.
«Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon orqali muloqot qildik. Ikki tomonlama, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb mavzularni muhokama etildi. Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, biz strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarimizdagi misli ko‘rilmagan dinamikani qayd etdik», — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘z Telegram-kanalida.
Mavzuga oid
15:04
Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
17:12 / 09.11.2024
Qozog‘istonda qattiq qo‘nishni amalga oshirgan harbiy vertolyot yonib ketdi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
10:48 / 09.11.2024