O‘zbekiston | 19:00 / 17.08.2024
3235
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“President Tech Award 2024” tanlovi davom etmoqda

IT Park Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil etuvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qiladi.

President Tech Award — bu har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, uning maqsadi yosh IT-mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashdir. O‘tkazilayotgan tanlov yosh dasturchilarni birlashtirish orqali ularga o‘z startaplarini yaratish va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, shuningdek, birinchi moliyalashtirishni qo‘lga kiritish va mamlakat raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shish imkonini beradi. “President Tech Award” tanlovining birinchi to‘lqini 400 dan ortiq jamoalarni shakllantirgan 4000 nafardan ziyod yosh IT-mutaxassislarni jalb qilgan edi.

“President Tech Award” tanlovining asosiy vazifasi — xalqaro miqyosda raqobatlasha oladigan yuqori sifatli dasturiy yechimlarni yaratishni ilgari surish orqali mahalliy IT-sanoatni rivojlantirishni rag‘batlantirishdir. Ikkinchi mavsum uchun jamoalardan arizalarni qabul qilish 2024 yil 20 avgustgacha davom etadi, shundan so‘ng ishtirokchilarni dastlabki saralash va butkemp boshlanadi. 

Asosiy yo‘nalishlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: sun’iy intellekt texnologiyalarini yaratish, kompyuter yoki mobil o‘yinlarni ishlab chiqish, Michro-Saas va AdTech sohalarida texnologik yechimlar, ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar, tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar. Mahsulotning innovatsionligi, funksionalligi va hayotning turli jabhalarini yaxshilash salohiyati baholashning muhim mezonlari hisoblanadi.

Umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni dollarni tashkil etadi va u har bir yo‘nalishdagi eng istiqbolli uchta loyiha o‘rtasida taqsimlanadi. Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tanlovda O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolari ishtirok etishi mumkin. 5 ta asosiy yo‘nalishlardan birida ishtirok etish uchun 3-8 kishidan iborat jamoa yig‘ilishi talab etiladi.

Tanlov bir necha bosqichda o‘tkaziladi:

20 avgustgacha jamoalardan arizalar qabul qilinadi.

1 avgustdan 31 avgustgacha ishtirokchilarni dastlabki saralash o‘tkaziladi.

5 avgustdan 30 avgustgacha Bootchamp bo‘lib o‘tadi, unda ishtirokchilar xalqaro darajadagi tadbirkorlar bilan muloqot qilish va IT va biznes yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv intensivlariga tashrif buyurish orqali o‘z bilimlarini oshirishlari va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari mumkin.

5-sentabrdan 30-sentabrgacha loyihalarni onlayn baholash yakunlanadi va tanlov finalchilari aniqlanadi.

5 noyabrdan 15 noyabrgacha “Demo Day” bo‘lib o‘tadi, unda har bir jamoa o‘z loyihasini jonli ravishda taqdim etadi.

20 noyabrdan 10 dekabrgacha har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi va taqdirlanadi.

15-centyabrdan 25-centyabrga qadar bitta sovrinli o‘rin va startapni yanada rivojlantirish uchun 100 000 dollarlik mukofotga ega xakaton bo‘lib o‘tadi. 3-5 kishidan iborat jamoalar tanlovda ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar bir necha kun ichida sun’iy intellekt texnologiyalari, tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash yoki agrosanoat va yashil energetika sohasidagi loyihani ishlab chiqishlari va amalga oshirishni boshlashlari kerak bo‘ladi. Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan loyihalar ularning dolzarbligi, raqobatbardoshligi, bozordagi talabgirligi va texnik amalga oshirilishidan kelib chiqqan holda hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.

“President Tech Awards” tanloviga tashrif buyuring va axborot texnologiyalari sohasidagi innovatsion yutuqlar guvohi bo‘ling. O‘zbekistonning ilg‘or ishlanmalari bilan tanishish uchun yetakchi IT va biznes mutaxassislari, investorlar va davlat sektori vakillariga qo‘shiling.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://awards.gov.uz

Telegram-kanal: https://t.me/PresidentTechAward

Reklama

Mavzuga oid