Yo‘nalishlar va OTMlar kesimida 2024 yilgi o‘tish ballari e’lon qilindi
Tanlovda qatnashgan abituriyentlar o‘zlari tanlagan yo‘nalish va OTMlarda kontrakt, grant uchun o‘tish ballarini bilib olishlari mumkin.
Bilimlarni baholash agentligining rasmiy sahifasida 2024 yilgi o‘tish ballari e’lon qilindi. Saytda avval hudud, keyin OTM, ta’lim shakli va tili tanlanganidan keyin grant va kontraktga o‘tish ballari kelib chiqadi.
O‘tish ballarini bilish o‘qishga kirolmagan abituriyentlar uchun muhim. Ya’ni super-kontrakt asosida o‘qish niyati bo‘lganlar ballari super-kontraktning 4 ballik arzon turiga mos kelish yoki kelmasligini bilib olishlari mumkin.
Shuni ham qo‘shimcha qilish kerak, hozir abituriyentlar o‘zlarining kontrakt yoki grantga kirganini bila oladi, nechanchi o‘rinda turgani esa hali saytda ko‘rinmayapti.
Ma’lumot uchun, bugun 17 avgust kuni tongda bakalavriat bosqichining yakuniy mandat natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar kirgan yoki kirmaganliklarini bu yerdan bilib olishlari mumkin.
Mavzuga oid
15:20 / 19.09.2024
“Yuridik universitetga 4 ball yetmadi, shunda ham 317 mln so‘m to‘lashim kerak ekan” - Super kontraktda nima o‘zgardi?
11:36 / 16.09.2024
Professor-o‘qituvchilar o‘zini birovga tobe insondek tutsa, kimni tarbiyalaydi?
15:26 / 14.09.2024
“Darsga kiritmaslik bilan qo‘rqitishyapti” - TDPU yagona formani joriy etmoqchi
19:16 / 11.09.2024