Jamiyat | 09:19 / 18.08.2024
3628
2 daqiqa o‘qiladi

Chiqindi xizmatlari bo‘yicha debitor qarzdorlikni qisqartirishga erishildi

Foto: Videodan kadr

2024 yilning 6 oyi davomida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 48 mlrd. so‘m miqdoridagi debitor qarzdorlikni qisqartirishga erishildi. Bu haqda AOKAda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi axborot xizmati rahbari Dilnoza Komilova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi

2024 yil 1 apreldan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun mavjud qarzdorlik bartaraf etilganidan keyin notarial harakatni amalga oshirish va SMS xabarnoma yuborish tizimlari yo‘lga qo‘yildi.

Yarim yillik hisobida respublikada mavjud 9 442 ta mahalladan 9 319 tasi, ya’ni (86 foizi), 36,8 mln nafar istiqomat qiluvchi aholining esa 26,5 mln nafari, ya’ni (62 foizi) qamrab olindi. Xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni 204 ming nafarga oshdi. Abonentlar soni esa 7 mln. 109 mingdan ortdi.

Sanitar tozalash korxonalari tasarrufidagi mavjud jami 4 194 ta avtotransport vositalaridan 3 450 tasiga ya’ni 82,5 foiziga GPS qurilmalari o‘rnatildi.

Mavzuga oid