Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniya 2025 yil boshidan jangovar o‘q-dorilar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Mamlakat mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, bugungi xavfsizlik nuqtai nazaridan imkon qadar tezroq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish kerak.
Estoniyaning Emari harbiy shaharchasida 2025 yil boshidan jangovar o‘q-dorilarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi mamlakat mudofaa vaziri Xanno Pevkur.
«Bugungi xavfsizlik nuqtai nazaridan imkon qadar tezroq Estoniyada jangovar o‘q-dorilar ishlab chiqarishni boshlash kerak», — deydi Pevkur.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, variantlardan biri sifatida tender asosida u yoki bu korxonaga Emarida shunday ishlab chiqarishni boshlash imkoniyatini berish bo‘lgan.
«U yerda xavfsizlik va ishonchlilik talablariga javob beradigan infratuzilma mavjud», — deydi Estoniya mudofaa vaziri.
Qayd etilishicha, yaqin vaqt ichida Mudofaa investitsiyalari davlat markazi tender o‘tkazadi. Unda g‘olib bo‘lgan korxona Emari harbiy shaharchasidagi yettita omboriga ega 8,9 ming kvadrat metr maydonni qo‘lga kiritadi. Obektdan jangovar o‘q-dorilar va portlovchi moddalarni ishlab chiqarishda foydalanilishi kerak.
Iyun oxirlarida Polsha, Litva, Latviya va Estoniya Yevropa Ittifoqini Rossiya va Belarus bilan chegarada mudofaa chiziqlari qurishga chaqirgandi. Bunday liniya qurilishi 2,5 milliard yevroga tushishi mumkinligi aytilgan edi.
Mavzuga oid
13:17 / 19.05.2025
Estoniya Rossiyani neft tankerini qo‘lga olganlikda aybladi
15:19 / 16.05.2025
Estoniya Rossiyani mamlakat havo hududini buzganlikda aybladi
12:01 / 10.05.2025
Germaniya Kiyevga beriladigan qurol-yarog‘ haqidagi ma’lumotlarni qisqartiradi
21:39 / 28.04.2025