Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rishtonda Xitoy tajribasi asosida chinni buyumlar ishlab chiqarish rivojlantiriladi
O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi xodimlari va Farg‘ona viloyati Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida Bosh konsulxona va Rishton tumani hokimligi hamkorligida Xitoyning janubiy provinsiyalaridagi yirik kompaniyalar ishtirokida bir qator loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, Guangdong va Fujiang provinsiyalari tadbirkorlarini Rishton tumaniga biznes-missiyasini uyushtirish, Rishton tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning Guandun provinsiyasiga tashrifini amalga oshirish, tumanning investitsiyaviy, turizm imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, chinni buyumlar, hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda bo‘yicha Xitoyning ilg‘or tajribasini o‘rganish to‘g‘risida fikr almashildi.
Rishton tumaniga Xitoydan kelayotgan turistlar sonini ko‘paytirish va tumanda o‘tkazilayotgan xalqaro festivallarda xitoyliklar ishtirokini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025