Jamiyat | 19:00 / 20.08.2024
1765
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

TSMRI va Markaziy Bank aloqalari yangi istiqbollar sari odimlamoqda

Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Foto: TSMRI

Joriy yilning 23 iyul kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (TSMRI) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik memorandumini imzolashdan ko‘zlangan asosiy maqsad, akademik muhit va bank regulyatori tomonidan taqdim etilgan moliya sektori o‘rtasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yish va o‘zaro integratsiyani mustahkamlashdan iborat.

Ushbu hamkorlik yaqin kelajakda iqtisodiyot va moliya, investitsiya, axborot texnologiyalari, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari, bank risklarini sug‘urtalash sohalarida bilim va tadqiqotlar almashinuvi uchun yangi jabhalarni ochadi. Bunday yaqin hamkorlik, shubhasiz, TSMRI talabalarining bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlashga hamda bank sektori va moliya sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Shuningdek, memorandum doirasida qo‘shma ilmiy loyihalar, talabalarning amaliyot o‘tashlari hamda bank xodimlarining kasbiy rivojlanishini oshirish dasturlarini amalga oshirish ham rejalashtirilgan.

Reklama

Mavzuga oid