Lukashenko so‘zlaridan so‘ng, Yerevanda Belarus elchixonasi kartoshkabo‘ron qilindi
Namoyishchilar elchixona tomon kartoshka, tuxum va pomidorlarni uloqtirdi. Bunga Lukashenkoning Armaniston haqida aytgan gaplari sabab bo‘ldi.
Yerevanda muxolifatdagi «Respublika» partiyasi (uning asoschisi sobiq bosh vazir Aram Sarkisyan) vakillari Belarus elchixonasi oldida norozilik namoyishi uyushtirib, diplomatik missiya eshigiga tuxum, kartoshka va pomidor uloqtirib: «Armanistondan daf bo‘linglar!», deb baqirdilar. Bu haqda News.am xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, aksiyaga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning so‘nggi bayonotlari sabab bo‘lgan. U Yerevanning G‘arb davlatlari bilan yaqinlashish istagini tanqid qilgan edi.
«Siz Armaniston siyosatini ko‘ryapsiz. Xo‘sh, bu qanaqa siyosat?! Xo‘sh, armanlar bizdan boshqa kimga kerak? Ular hech kimga kerak emas. Iqtisodiyotini rivojlantirib, o‘z resurslariga e’tibor qaratishsin. Fransiya? Makron? Ertaga Makron ketadi va hamma bu Armanistonni unutadi», degan edi Belarus rahbari.
Belarus va Armaniston munosabatlari iyun oyida murakkablashdi. Lukashenko Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuvda Tog‘li Qorabog‘ni Boku nazorati ostiga qaytarish bo‘yicha operatsiyani «ozodlik urushi» deb atadi. Belarus prezidenti, shuningdek, ozarboyjonlik hamkasbi bilan operatsiya boshlanishidan oldin uning natijalari variantlarini muhokama qilganini tan oldi.
Bu bayonotlardan so‘ng Armaniston Minskdagi elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirib oldi. Bosh vazir Nikol Pashinyan o‘zi va Armaniston hukumatining boshqa vakillari Lukashenko prezident bo‘lgan paytda Belarusga «hech qachon bormasligini» aytdi.
Mavzuga oid
22:17 / 07.11.2024
Lukashenko yana 31 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
14:30 / 05.11.2024
Lukashenko: RF Belarus orqali Polsha, Litva, Latviya va Ukrainaga hujum qilmoqchi emas
13:10 / 24.10.2024
Lukashenko Mariya Kolesnikovani afv etish haqida o‘ylab ko‘rishga tayyor
19:19 / 23.10.2024