Putin 16 yil ichida ilk bor Beslanga tashrif buyurdi
Rossiya prezidenti «Beslan onalari» bilan uchrashuvda Beslan maktabida garovga olinishi natijasida 136 bola halok bo‘lganini aytdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 186 bola qurbon bo‘lgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Beslan onalari» jamoat tashkiloti vakillari bilan uchrashuvda 2004 yil sentabrdagi terakt paytida halok bo‘lgan bolalar sonini ma’lum qildi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, terakt 334 kishi, jumladan, 136 nafar bola hayotiga zomin bo‘lgan. Bu raqamlar 20 avgust, seshanba kuni Rossiya Federatsiyasi prezidentining Shimoliy Kavkaz federal okrugidagi vakolatli vakili saytida keltirilgan.
Ayni paytda, BMT veb-saytida e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Beslan maktabidagi terakt qurbonlari soni 186 nafarni tashkil etgan.
Teraktdan so‘ng Putin Beslanga ikki marta – 2004 yil 4 sentabr va 2008 yilda tashrif buyurgan. Davlat rahbari bu gal garovga olinganlar saqlangan maktabga ilk bor tashrif buyurdi.
«Raqiblar, dushmanlar, neonatsizmga qarshi kurash»
Putin suhbat o‘rtasida to‘satdan «neonatsizmga qarshi kurash», Kursk viloyati, Donbass va Novorossiya, shuningdek, uning fikricha, «mamlakatni larzaga solishga urinish ishlarini davom ettirayotgan ayrim «muxoliflar va dushmanlar» haqida gapirdi.
Shimoliy Osetiyadan so‘ng Rossiya prezidenti Chechenistonga uchib kelib, u yerda respublika rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashdi va Kurchaloyev tumani Axmat-Yurt qishlog‘ida bo‘ldi. Putin 2011 yil dekabridan beri Chechenistonga bormagandi.
Prezident Gudermesdagi Rossiya maxsus kuchlari universitetiga keldi va u yerda jangovar hududga jo‘natish uchun tayyorgarlikdan o‘tayotgan ko‘ngillilar bilan suhbatlashdi. «Biz hammamiz piyoda askarlarmiz», dedi u Qodirovning «shunchaki piyoda askari» degan so‘zlariga munosabat bildirarkan.
IHeS: Rossiya rasmiylari terakt tayyorlanganini bilgan, ammo yetarlicha chora ko‘rmagan
Beslandagi 1-sonli maktabda 2004 yil 1 sentabrda terrorchilar 1200 dan ortiq kishini – maktab o‘quvchilari, ularning ota-onalari va maktab xodimlarini garovga olib, ikki kun davomida ushlab turishgan. 3 sentabr kuni maktab binosida portlash sodir bo‘lgan, shundan so‘ng xavfsizlik kuchlari hujum boshlagan. Terakt va hujumdan so‘ng, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 334 kishi halok bo‘lgan.
2017 yil aprelida Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi (IHeS) terakt oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning yaqinlariga 2,955 million yevro to‘lash to‘g‘risida qaror chiqardi. IHeS rasmiylar hujumga tayyorgarlik haqida ma’lumotga ega bo‘lgan, ammo xavfni minimallashtirish uchun yetarli choralar ko‘rmagan, degan xulosaga keldi.
Shu yilning mart oyida Rossiyada Beslandan keyingi eng yirik terakt sodir bo‘ldi - Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll»da. Hujum ortida IShID terrorchilik tashkilotining Afg‘onistondagi bo‘limi hisoblangan «Viloyati Xuroson» guruhi turgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
22:35 / 11.11.2024
«Tramp bilan ham, G‘arb yetakchilari bilan ham muloqot rejalanmayapti» - Peskov
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
12:57 / 11.11.2024
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi
07:55 / 11.11.2024