Germaniya 2023 yilda noqonuniy muhojirlar uchun asosiy manzilga aylandi
Asosan Suriya, Turkiya va Afg‘oniston fuqarolari Germaniya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga harakat qilishgan. Germaniya Federativ Respublikasi hududiga borish uchun ularning aksariyati «o‘tkazuvchilar» yordamiga murojaat etgan.
21 avgust, chorshanba kuni e’lon qilingan Germaniya Federal jinoiy politsiya boshqarmasi (BKA) hisobotiga ko‘ra, GFR 2023 yilda Yevropa Ittifoqidagi noqonuniy muhojirlar uchun asosiy manzilga aylandi. Butun Shengen hududidagi 380 200 ta holatdan 266 224 tasida chegarani noqonuniy kesib o‘tish holatlari Germaniyaga to‘g‘ri keladi.
Germaniya chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha yetakchilar Suriya (54 207 kishi), Turkiya (35 732 kishi) va Afg‘oniston (35 370 kishi) fuqarolari bo‘lgan. Germaniya Federativ Respublikasi hududiga borish uchun noqonuniy muhojirlar ko‘pincha «o‘tkazuvchilar» yordamiga murojaat qilishadi. Germaniyaga noqonuniy o‘tkazilgan har ikkinchi odam Polshadan (41,9 foiz), har uchdan biri Avstriyadan (29,4 foiz) va taxminan har beshinchi kishi Chexiya Respublikasidan (22,5 foiz) kelgan.
Noqonuniy «o‘tkazuvchilar»
2023 yilda noqonuniy muhojirlarni Yevropa chegaralari orqali konteynerlarda olib o‘tish holatlari ko‘paygan. BKA hisobotiga ko‘ra, bir yil davomida bunday holatlar soni ikki baravardan ko‘proq, shu tarzda o‘tkazilgan shaxslar soni (taxminan 17,5 ming) qariyb besh baravarga oshgan. Idora ta’kidlashicha, konteynerlarda tashish «g‘ayriinsoniy» bo‘lib, noqonuniy muhojirlarning o‘zi uchun baxtsiz hodisalar, hipotermiya, kislorod yetishmasligi va suvsizlanishda shikastlanish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli o‘ta xavflidir.
Asosiy faoliyati migrantlarni noqonuniy olib o‘tish bo‘lgan uyushgan jinoiy guruhlar soni ham o‘sishda davom etmoqda - 2022 yilda 49 tadan 2023 yilda 58 tagacha. BKA ma’lumotlariga ko‘ra, bunday harakatlar uchun asosan Suriya, Germaniya, Turkiya va Ukraina fuqarolari jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Mijozlar bilan muloqot qilish uchun «o‘tkazuvchilar» Telegram yoki WhatsApp messenjerlaridan foydalanadilar. Kontrabandachilar ijtimoiy tarmoqlardan o‘zlarining ijtimoiy xizmatlarini reklama qilish va bo‘sh ish o‘rinlarini joylashtirish uchun foydalanadi.
Mavzuga oid
08:28 / 09.11.2024
Robert Habek Germaniya kanslerligiga nomzod bo‘lishi mumkin
07:51 / 07.11.2024
Germaniyada hukmron koalitsiya parchalandi
21:31 / 06.11.2024
Germaniya muhim infratuzilmalar himoyasini kuchaytirish niyatida
17:38 / 04.11.2024