Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “aqlli” minitexnikalar ishlab chiqariladi
O‘zbekistonda Malayziya kompaniyasi bilan hamkorlikda aqlli minitexnikalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabariga ko‘ra, Malayziyaning Meraque Group Snd Bhd kompaniyasi direktori I.Li bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, hamkorlikning har ikki tomon uchun ham birdek manfaatli yo‘nalishlari amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.

Tomonlar o‘rtasida Malayziya kompaniyasining bog‘larga ishlov beruvchi, dalalarga o‘g‘it sepuvchi “aqlli” minitexnikalari hamda aynan qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun mo‘ljallangan maxsus dronlarini O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga joriy etish masalalari ham muhokama etildi.


Uchrashuv so‘ngida kompaniya tomonidan kichik hajmdagi aqlli qishloq xo‘jaligi texnikalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish tizimini Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hududida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihani amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025