Toshkentda daraxt kesgan fuqaro 17 mln so‘m jarima to‘laydigan va 100 ta ko‘chat ekadigan bo‘ldi
Sergeli tumanida fuqaro bitta daraxtni kesgani uchun 17 million so‘m jarima to‘laydigan va 100 ta ko‘chat ekadigan bo‘ldi.

Foto: Ekologiya vazirligi
Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Sergeli tumani, Sergeli 7-mavzesida daraxtga shikast yetkazilayotgani haqida murojaat kelib tushdi.
Murojaat joyiga chiqib o‘rganilganida “Madadkor” MFYda fuqaro Y.U. tomonidan 1 ta daraxt kesilib, o‘sishdan to‘xtash darajasida shikast yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Natijada tabiatga 8 million 840 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Unga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari — 8 million 500 ming so‘m jarima belgilandi. Huquqbuzar jami 17 million 340 ming so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.
Shuningdek, unga Vazirlar Mahkamasining 464-son qaroriga asosan kesilgan daraxt uchun kompensatsiya tarzida 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.
Mavzuga oid

22:38 / 23.03.2025
Sergelida yangi qurilayotgan binoda yong‘in yuz berdi

09:43 / 21.02.2025
2 tup daraxt kesgan fuqaro 223 ta ko‘chat ekib berdi

21:37 / 20.02.2025
“Cho‘llashtirish avjida” - Buxoroda 1800 dan ortiq daraxt ko‘chirilayotgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

10:05 / 19.02.2025