“Bir bolaga 500 mingdan 1 mlngacha” – o‘zbekistonliklar maktab bozoriga qanday tayyorlanishyapti?
Maktab boshlanishiga oz fursat qoldi. Bolalarini yetaklagan ota-onalar bozorlarni to‘ldirgan. O‘quv qurollari va maktab formasining savdosi avjida. Kun.uz muxbiri Toshkentdagi Bek-baraka bozorida bo‘lib, xaridor va savdogarlarning fikrlarini o‘rgandi.
Kun.uz bilan suhbat bo‘lgan aksariyat yurtdoshlarimiz bir nafar bolaning kiyim-kechagi uchun o‘rtacha 800 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha sarflanayotganini, o‘quv-qurollariga esa 200-300 ming so‘m ketayotganini bildirishdi.
O‘quvchilar kiyim-kechagi uchun nimalar olyapsiz? Necha pul sarflayapsiz?
“Bir bolaga 1 mln so‘mdan sarfladik. Kofta-yubka, oyoq kiyim, sumka, mayda-chuydalar oldik. Xitoy, O‘zbekiston mahsulotlarini aralashtirib olyapmiz. Narxlar arzon, bo‘ladi, o‘rtacha”, – deydi onalardan biri.
“Shim, oq ko‘ylak oldim, kostyum olmadim. Oyoq kiyimlar bilan bir bolaga 800 ming so‘mlar bo‘lib qoldi. Asosan o‘zimizning tanishlar bo‘lgani uchun Farg‘onadagi ishlab chiqarishlardan, o‘zimizdan oldik”, – deydi muxbir bilan suhbatlashgan otalardan bir.
“Oq ko‘ylak va shimlar 60 ming so‘mdan, jami 120-140 ming so‘m bo‘ladi”, – deydi o‘quv qurollari sotuvchi o‘quvchilardan biri.
“[Oq ko‘ylaklar] 200-300 ming so‘m bo‘lyapti, agar 2 talab olishsa, 500 ming so‘mga boryapti. Bularning ichiga oq ko‘ylak, kamar, shim va galstuk, mayka – hamma narsa kiradi. Oldindan Xitoy tovarlari ko‘p sotilib kelgan, hozir ham ko‘p ketadi. Narxlari o‘rtacha, olsa bo‘ladi, qimmatmas”, – deydi bir sotuvchi erkak.
“Hozirning o‘zida 2 nafar farzandimga 2,5 mln so‘m ketdi. Maktab forma, daftar-kitob – hamma narsasini oldik. Ko‘proq Xitoy yoki Turkiya mahsulotlarini olaman, o‘zimiznikini uncha olmayman. Chetniki baribir qimmat, qimmat bo‘lsa ham yaxshiroq baribir”, – deydi yana bir ona.
“2 nafar bolaga 1-1,5 mln so‘mlar ketadi, faqat kiyim-kechak uchun. O‘quv-qurollari alohida. Kiyim-kechaklar arzon”, – deydi sotuvchi ayol.
Shuningdek, so‘rovnomada ota-onalar o‘quv qurollarini qanchaga xarid qilishayotgani bo‘yicha ham gapirib o‘tgan. Videoning to‘liq shaklini yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Dilshoda Shomirzayeva tayyorladi.
Mavzuga oid
14:33
Nega o‘zbek ota-onalari bolasini rus sinflariga beradi?
20:51 / 18.11.2024
“Qurollar qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, milliy g‘urursiz ish bitmaydi” - maktablarga harbiy darslar nega kerak?
09:52 / 15.11.2024
O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshdi
12:10 / 13.11.2024