Umra mavsumi 10 sentabrdan boshlanadi
2024 yil 10 sentabr kunidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etiladigan “Umra – 2024”ning navbatdagi mavsumi boshlanadi.

Foto: Getty images
O‘zbekiston fuqarolari Uzbekistan Airways AJ aviakompaniyasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarda Saudiya Arabistoniga olib boriladi.
Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun bo‘ladi. Mavsum davomida tajribali ishchi guruhi va imom-xatiblardan iborat ellikboshilar hamda malakali shifokorlar fuqarolarga hamroh bo‘ladi.
Madina shahrida Grand Shahba, Makka shahrida esa Marmara Group Hotel mehmonxonalarida yurtdoshlar istiqomat qiladi. Mehmonxonalar 3-4 o‘rinli bo‘lib, 3 mahal taomlar, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Mazkur shaharlarda muborak qadamjolarga ziyorat tashkil etiladi. Mehmonxonalarda tibbiyot punktlari, transport xizmati va ishchi guruhlari shtablari 24 soat davomida faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid

16:23 / 29.03.2025
«Ramazon oyi necha kun bo‘lsa, shuncha kun ro‘za tutiladi» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi

15:50 / 15.10.2024
“Bu katta miqdor emas” – Diniy qo‘mita raisi Umra litsenziyasining 1 million dollarlik sharti haqida

13:55 / 03.10.2024
Umra litsenziyasi bo‘yicha yangi talablar yaqin kunlarda e’lon qilinishi aytildi

20:41 / 24.09.2024