2026 yilgi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Musobaqa tarixiy ko‘chmanchi xalqlarning milliy o‘yinlari asosida tashkil etiladi.

Foto: Tabyldy Kadyrbekov
Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari (World Nomad Games) – etnik sport turlari bo‘yicha xalqaro sport musobaqasi 2026 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi.
Musobaqa tarixiy ko‘chmanchi xalqlarning milliy o‘yinlari asosida tashkil etilgan. O‘yinlar tashabbuskori Qirg‘iziston hisoblanadi. Dastlabki musobaqalar Cho‘lpon-Otada (2014, 2016, 2018) va Turkiyada (2022) o‘tkazilgan.
2024 yil 8-15 sentabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida beshinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari bo‘lib o‘tadi, unda 85 davlatdan 2 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashadi.
Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari YuNESKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid

20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi

18:01 / 13.02.2025
O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlari tarixida ikkinchi yaxshi natijasini ko‘rsatdi

15:12 / 13.02.2025
“Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati boshlanadi

14:44 / 13.02.2025