Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etiladi
Turli sohalarda yuqori natijalarga erishib kelayotgan biznes vakillarini taqdirlash tizimini joriy etish maqsadida alohida davlat mukofoti ta’sis etilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi qabul qilindi.
Qonun bilan turli sohalarda yuqori natijalarga erishib kelayotgan biznes vakillarini taqdirlash tizimini joriy etish maqsadida alohida davlat mukofotini ta’sis etish nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi yangi ish o‘rinlari yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, eksport qilish va yetuk mutaxassislar tayyorlashda barchaga namuna bo‘ladigan hamda jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan biznes vakillarini tizimli taqdirlash imkonini berishi ta’kidlanmoqda.
Shu bilan birga, ushbu unvonni ta’sis etish orqali tadbirkorlarning mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasiga e’tiborni qaratish va baholash, katta yutuqlarga erishgan va jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal etishda faol ishtirok etayotgan tadbirkorlarni aniqlash hamda ularni taqdirlash, aholini, ayniqsa, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish va biznesga qiziqishni yuksaltirish maqsad qilingan.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025