Parlamentda raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonun ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan guvohlarning huquqlariga (Jinoyat-protsessual kodeksining 66-moddasi) raqamli dalillarni taqdim etish huquqi kiritilmoqda.
Shaxsga doir ma’lumotlarni ishonchli himoya qilishni ta’minlash hamda bunday ma’lumotlar tarqalib ketishini oldini olish maqsadida deputatlarning tashabbuslari asosida Jinoyat-protsessual kodeksi 88-moddasining 5-qismi ishga aloqador bo‘lmagan dalillar tergov organi va sudning ixtiyorida qolib ketgan bo‘lsa, ular qayta tiklanmaydigan tarzda yo‘q qilinishi lozimligi to‘g‘risida norma bilan to‘ldirilmoqda.
Jinoyat-protsessual kodeksining 161-moddasida tintuv va shaxsiy elektron ma’lumotlarni olib qo‘yish qonun va sudning qaroriga qo‘ra amalga oshirish to‘g‘risidagi 9-qism bilan to‘ldirildi.
Qonunni uchinchi o‘qishda ham qabul qilish taklifi bildirildi va ovozga qo‘yildi. Qonun uchinchi o‘qishda ham qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Mavzuga oid
14:55
Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
11:50 / 20.11.2024
Prezident: 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin
17:35 / 18.11.2024
O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
09:59 / 13.11.2024