Jahon | 10:35 / 27.08.2024
2130
3 daqiqa o‘qiladi

Shifokorlar «FSIN» xodimlari Navalniyning o‘limi uchun jazolanishini talab qilmoqda

Aleksey Navalniy qamoqxona xodimlarining o‘z vazifalariga beparvolik bilan munosabatda bo‘lgani natijasida vafot etdi. Bu haqda RF Tergov qo‘mitasiga mo‘ljallangan bayonotni imzolagan 100 dan ortiq rossiyalik shifokorlar ma’lum qildi.

Foto: Yevgeniy Zaytsev / Kommersant’

Yuzdan ortiq rossiyalik shifokorlar jinoiy ish qo‘zg‘atilishini va Yamal-Nenets avtonom okrugidagi koloniyada muxolifatchi Aleksey Navalniyning o‘limiga aloqador «FSIN» xodimlarini javobgarlikka tortishni talab qildi. «Shubhasiz, Aleksey Navalniyning o‘limi Federal jazoni ijro etish xizmati xodimlarining o‘z vazifalariga beparvolik bilan munosabatda bo‘lishi natijasida sodir bo‘lgan», deyiladi 26 avgust, dushanba kuni Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasiga mo‘ljallangan bayonotni imzolagan 106 shifokor xatida.

Shifokorlar Navalniyning «kasalligi» bo‘yicha Tergov qo‘mitasi qarorini tahlil qildi

Shifokorlar Tergov qo‘mitasining siyosatchi bevasi Yuliya Navalnaya tomonidan e’lon qilingan, uning o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atishdan bosh tortgan qaroriga ishora qilmoqda. Ushbu hujjatda muxolifatchining o‘limining rasmiy sababi «qo‘shma kasallik: qon tomirlari va organlarning shikastlanishi bilan kechadigan gipertoniya, miya shishi, o‘pka shishi rivojlanishi bilan kuzatilgan diffuz miokardioskleroz» deb nomlanadi. 

Bundan tashqari, bunday organlarning shikastlanishi «qon bosimi sezilarli darajada oshishi hamda uzoq muddatli gipertoniya bilan rivojlanadi», deydi bayonot mualliflari. Ularning eslatishicha, Navalniy muntazam ravishda jazo kamerasiga yuborilgan va har bir bunday holatdan oldin u tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak edi. Bunda muqarrar ravishda qon bosimining sezilarli darajada oshishi aniqlanishi va «gipertenziv terapiya buyurilishi kerak edi». 

«Ammo, Alekseyga gipotenziv terapiya buyurilmagan, mavjud tibbiy qarshi ko‘rsatmalarga qaramay, u muntazam ravishda jazo kamerasiga jo‘natilgan, bu oxir-oqibatda (taqdim etilgan qarorga ko‘ra) o‘pka shishi, miya shishi, qorincha fibrilatsiyasi va o‘lim kabi jiddiy gipertenziya asoratlarining rivojlanishiga olib keldi», - deydi shifokorlar.

Navalniy o‘limining rasmiy sababi aytildi, jinoiy ish qo‘zg‘atish rad etildi

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy o‘limidan 6 oy o‘tib, Tergov qo‘mitasi rasmiy qarorni chiqardi. Uning xotini Yuliya Navalnaya tomonidan e’lon qilingan ushbu hujjatga ko‘ra, Navalniyning o‘limida jinoiy alomatlar yo‘q.

Qayd qilinishicha, o‘limga aritmiya va «bir qancha kasalliklar yig‘indisi» sabab bo‘lgan. Shuning uchun Tergov qo‘mitasi siyosatchining o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishdan bosh tortgan.

Yuliya Navalnaya so‘zlariga ko‘ra, qarorni mayor Varapayev imzolagan, u Alekseyning jasadini oilasiga berishdan bosh tortgan va onasini yashirin dafn marosimiga rozi bo‘lish uchun «shantaj qilgan».

Mavzuga oid