O‘zbekiston | 19:00 / 28.08.2024
8884
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida qabul davom etmoqda

Foto: Kimyo xalqaro universiteti

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 dekabrdagi 1007-son qarori asosida respublikadagi birinchi nodavlat oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat olib boradi.

Universitet ISO 9001/2015 xalqaro standarti sertifikatiga ega bo‘lib, bugungi kunda bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha sifatli oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Universitet nodavlat oliy o‘quv yurtlari orasida birinchilardan bo‘lib bitiruvchilari mavjud bo‘lgan 16 ta ta’lim dasturi bo‘yicha IQAA (Independent Agency for Quality Assurance in Education) va KazSEE (Kazakhstan Association for Modern (Elite) Education) xalqaro mustaqil agentliklarining Ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi sertifikatlarini qo‘lga kiritgan.

Hududlarda yoshlarni oliy ta’lim tizimiga keng jalb qilish va ularni malakali mutaxassis sifatida tayyorlash maqsadida Universitetning Namangan filiali hamda Samarqand filiali faoliyat yuritib kelmoqda.

Oliy ta’lim muassasasining hamkor universitetlar bilan akademik mobillik dasturlari ham mavjud. Universitetda talabalarga “2+2”, “3+1”, “1+3”, “2+1+1” kabi almashinuv ta’lim dasturlari imkoniyatini taqdim etish orqali ilg‘or zamonaviy bilimlarni olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Mazkur xalqaro dasturlarda tahsil olgan talabalarga bir vaqtning o‘zida Toshkent Kimyo xalqaro universitetining bakalavr va magistr diplomlari beriladi.

Universitetda talabalarning nazariy bilimlarini kuchaytirish barobarida amaliy ko‘nikmalarini ham shakllantirish, mantiqiy va ijodiy tafakkurini rivojlantirish maqsadida iqtisodiyotning real tarmoqlari sub’yektlari bilan akademik va amaliyotga oid aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quv jarayonlariga nufuzli xorijiy va mahalliy universitetlar professor-o‘qituvchilarini, malakali mutaxassis va amaliyotchilarni jalb etish bilan birga, uning infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini kuchaytirish ishlari ham olib borilmoqda.

Bugungi kunda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti bitiruvchilari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, texnik va ijtimoiy sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Universitetda olingan bilim va ko‘nikmalar ularga mustahkam karera qurishda amaliy yordam bermoqda.

Bakalavriat bosqichi

“2+2”, “3+1”, “1+3” qo‘shma va talabalar almashinuvi dasturlari bo‘yicha tahsil olish imkoniyati mavjud bo‘lgan xorijiy universitetlar va ta’lim yo‘nalishlari:

1.   Bolgariyaning Varna menejment universiteti

2.   Latviyaning Riga texnika universiteti

3.   Latviyaning Turiba universiteti

4.   Turkiyaning Yildiz texnika universiteti

5.   Turkiyaning Istanbul Aydin universiteti

6.   Koreya Respublikasining Xanyang universiteti

7.   Koreya Respublikasining Gachon universiteti

8.   Koreya Respublikasining Degu universiteti

9.   Koreya Respublikasining Sungshin ayollar universiteti

10.   Koreya Respublikasining Sungkyunkvan universiteti

11.   Koreya Respublikasining Chungbuk milliy universiteti

12.   Koreya Respublikasining Cheongju universiteti

13.   Koreya Respublikasining Kookmin universiteti

14.   Koreya Respublikasining Pusan milliy universiteti

15.    Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti

16. Yaponiyaning Arxitektura san’at akademiyasi

17. Yaponiyaning Aoyama Gakuin universiteti

18. Italiyaning Peskara universiteti

Magistratura bosqichi

“1+1” talabalar almashinuvi dasturlari bo‘yicha tahsil olish imkoniyati mavjud bo‘lgan xorijiy universitetlar va ta’lim mutaxassisliklari:

1.   Bolgariyaning Varna menejment universiteti

2.   AQShning Ruzvelt universiteti

3.   Malayziyaning INTI xalqaro universiteti

4.   Avstraliyaning Edit Kouen universiteti

Toshkent Kimyo xalqaro universitetidagi barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari talabalari uchun yuqorida keltirilgan xorijiy universitetlarda qo‘shma va almashinuv ta’lim dasturlari orqali tahsil olish imkoniyatlari yaratiladi.

Universitetning xorijiy hamkor universitetlariga hujjat topshirishga qo‘yiladigan umumiy talablar:

-      fuqarolik pasporti yoki ID guvohnomasi;

-      ta’lim bo‘yicha hujjat (maktab shahodatnomasi yoki oliy ta’lim diplomi/diplom ilovasi);

-      elektron shakldagi fotosurat (3,5×4,5 hajmda oxirgi 3 oydagi);

-      xorijiy til bilish darajasi bo‘yicha sertifikat (bakalavriat va magistratura bo‘yicha talab qilinadigan shartlarga muvofiq).

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti – Sizning kelajagingiz uchun ishonchli hamkor!

Biz bilan birgalikda bilim va muvaffaqiyatlarga erishing!

Hujjatlar qabuli 2024 yilning 30 sentabr sanasiga qadar onlayn shaklda quyidagi platformalar orqali amalga oshirilishi mumkin:

Bakalavriat: admission.kiut.uz

Magistratura: masters.kiut.uz

Murojaat uchun telefon: +99878 129-40-40 (ichki raqam – 1).

Universitetning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Web-page: www.kiut.uz 

Telegram: t.me/kiut_official

Facebook: facebook.com/kiut.uz

Instagram: instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal

Reklama

Mavzuga oid