“Bolalar 7-sinfdan keyin qobiliyatidan kelib chiqib o‘qitilishi kerak” – Alisher Qodirov
Ta’lim va tarbiya mamlakatni kelajakdagi rivojlanish darajasini belgilab beruvchi soha. Joriy yilda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan saylovlarda siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturida ham ushbu soha asosiy mavzulardan biriga aylanishi tabiiy.
Ayniqsa, “Milliy tiklanish” partiyasi bu borada o‘ziga xos qarashlarga ega. Bu haqida partiya yetakchisi Alisher Qodirov o‘z intervyusida so‘zlab berdi. Partiya dasturida pedagoglar va bog‘cha tarbiyachilarini ishga tanlov asosida qabul qilish tizimini joriy qilishdan tashqari, maktablarda o‘quvchilarga qaysi yo‘nalishda ta’lim berish kerakligi bo‘yicha takliflar ilgari surilishi bildirildi.
Jumladan, Qodirov “Bu safargi saylovoldi dasturimizda biz bir narsaga alohida urg‘u qaratmoqdamizki, maktablarda yettinchi sinfdan boshlab bolalarni undagi qobiliyatiga qarab tabaqalashtirilgan holda o‘qitish taklifini ilgari suryapmiz”, deya fikr bildirdi.
Bu taklifning asl mohiyatini tushuntirar ekan, u “7-sinfgacha bola umumiy, fundamental bilimlarni olganidan keyin, unda ilmga bo‘lgan salohiyat yuqorimi yoki sportchilik qobiliyati yaxshimi yoki hunarmandlik xususiyatlari yaqqol ko‘rinib turibdimi, balki tadbirkorlik xususiyati ustunmi?
Qolaversa, o‘z taklifini mustahkamlash uchun u “Bugun maktablarimiz oliy ta’limni hayot-mamot masalasi sifatida bolaning ongiga singdiryapti. Vaholanki, hayotda baxtli yashash uchun oliy ta’lim diplomi talab qilinmaydi”, deya fikr bildirdi partiya lideri.
Ko‘rinib turibdiki, “Milliy tiklanish” partiyasi maktablarda o‘quvchilarni ko‘proq ixtisoslashtirgan holda o‘qitish tarafdori bo‘lmoqda. Ya’ni bola barcha sohalarni emas, o‘zi mutaxassis bo‘lib ishlamoqchi bo‘lgan sohasiga ko‘proq vaqt ajratsin degan taklif ilgari surilmoqda.
Suhbat davomida Alisher Qodirov ta’lim sohasini isloh qilishga doir boshqa fikr va takliflarini ham bildirib o‘tdi.
Mavzuga oid
18:21 / 11.11.2024
Alisher Qodirov LGBT targ‘ibotini taqiqlovchi qonun ishlab chiqilishini ma’lum qildi
15:34 / 20.10.2024
Rossiyalik deputat O‘zbekiston fuqarolariga viza rejimini joriy etishga chaqirdi. Jamoatchilik bunga javob qaytardi
18:04 / 05.09.2024
“Milliy tiklanish” partiyasi o‘zining saylovoldi dasturini e’lon qildi
10:59 / 12.07.2024