Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiya dunyoda birinchi bo‘lib ishlatilgan yadroviy yoqilg‘i saqlanadigan obektni ishga tushiradi
2026 yildan boshlab ishlatilgan yuqori radioaktiv yadroviy yoqilg‘ilar suv o‘tkazmaydigan konteynerlarga qadoqlanadi va Finlandiya janubi-g‘arbidagi o‘rmonlarga, 400 metrdan ortiq chuqurlikka ko‘miladi.
Finlandiya dunyoda birinchi bo‘lib ishlatilgan yadroviy yoqilg‘ilar 100 ming yil davomida saqlanadigan geologik obektni quradi, deb xabar bermoqda CNBC.
Ushbu loyiha barqaror yadroviy energetika uchun tub burilish va «butun dunyo uchun model» sifatida qabul qilinmoqda.
Qayd etilishicha, 2026 yildan boshlab ishlatilgan yuqori radioaktiv yadroviy yoqilg‘ilar suv o‘tkazmaydigan konteynerlarga qadoqlanadi va Finlandiya janubi-g‘arbidagi o‘rmonlarga, 400 metrdan ortiq chuqurlikka ko‘miladi.
Misdan ishlangan mustahkam idishlar izolyatsiyalanadi, odamlar yaqinlashmaydigan joyda minglab yillar davomida saqlanadi.

«Bu hatto kichik mamlakat ham insoniyatning eng murakkab yigirmata muammosidan birini hal etishga qodirligini ko‘rsatmoqda. Oxirgi 10 yildan beri ko‘ryapmizki, yadroviy energetika Yevropadagi «yashil bitim» uchun muhim», — deydi Finlandiya iqlim vaziri Kay Myukkyanen.
Onkalo — mazkur loyihaning savdo markasi bo‘lib, fin tilidan «g‘or» yoki «o‘ra» sifatida tarjima qilinadi. Bu tog‘li hududdagi labirint tunnel va Olkiluoto orolidagi uchta yadroviy reaktor oldida joylashadigan omborga mos keladigan nom.
Onkalo loyihasi kimdir qayta ishlangan yadroviy yoqilg‘ilar xavfsizligini kafolatlay olish-olmasligi borasidagi bahslarni yuzaga keltirdi. Jahon yadro assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda yadroviy energetika dunyodagi jahon elektr energiyasining 9 foizga yaqin qismini ta’minlamoqda. Yadroviy energetika taraforlarining ta’kidlashicha, dunyo davlatlari atmosferaga chiqadigan zararli gazlar hajmini va qazilma yoqilg‘ilarga bog‘liqlikni kamaytirish maqsadida ushbu elektr manbasidan foydalanishda davom etadi.
Mavzuga oid
00:36 / 28.05.2025
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
21:59 / 23.05.2025
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda
01:36 / 19.05.2025
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti
21:39 / 28.04.2025