Jahon | 23:16 / 29.08.2024
4871
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda ikkinchi atom suvosti kemasi foydalanishga topshirildi

Strategik kuchlar qo‘mondonligi nazorati ostida faoliyat yuritadigan INS Arighat suvosti kemasi 750 kilometr uzoqlikka ucha oladigan K-15 ballistik raketalari bilan qurollantiriladi.

Foto: Indian Navy

Hindistonda ikkinchi INS Arighat atom suvosti kemasi foydalanishga topshirildi. India Today’ning yozishicha, modernizatsiya qilingan ushbu suvosti kemasi mamlakat harbiy-dengiz imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

Qayd etilishicha, INS Arighat 750 kilometr uzoqlikka ucha oladigan K-15 ballistik raketalari bilan qurollantiriladi. Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur suvosti kemasi Strategik kuchlar qo‘mondonligi nazorati ostida faoliyat yuritadi.

Hindistonda birinchi atom suvosti kemasi — INS Arihant 2016 yilda foydalanishga topshirilgan edi. Ta’kidlanishicha, hozirda yana ikkita shu turdagi suv osti kemasini qurish ishlari olib borilmoqda.

INS Arighat tezligi suv yuzasida 12-15 uzelga (22-28 km/soat), suv ostida esa 24 uzelgacha (44 km/soat) yetishi mumkin. U to‘rtta uchirish trubasi bilan jihozlangan bo‘lib, 3,5 ming kilometrga ucha oladigan to‘rtta K-4 ballistik raketani yoki parvozi uzoqligi 750 kilometrni tashkil etuvchi 12 ta K-15 ballistik raketalarini tashiy oladi.

K-15 raketalari strategik yadroviy jangovar kallaklar bilan jihozlanishi mumkin va bunga qo‘shimcha ravishda INS Arighat’ga torpedalar ham o‘rnatiladi.

Mavzuga oid