O‘zbekiston | 17:52 / 29.08.2024
9479
1 daqiqa o‘qiladi

Metroga yaqin oliygohlarda dars qachon boshlanishi e’lon qilindi

Tirbandlikning oldini olish uchun Toshkent shahridagi 27ta oliygohda dars boshlanish soatlari jadvali tuzildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahridagi 27ta OTMda dars boshlanish soatlari ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi. Unga ko‘ra, metroga yaqin OTMlarda darslar 1,5 soatlik farq bilan 8:00-9:30 oralig‘ida boshlanadi. Vazirlik buning sababini metropolitenda yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish bilan izohlagan.

OTMlarda dars boshlanish soatlari jadvali
OTMlarda dars boshlanish soatlari jadvali

Ma’lumot uchun, 2024/2025 o‘quv yilida respublika OTMlarida darslar 9 sentabr kunidan boshlanishi e’lon qilindi. Oldin bu 4 sentabrga to‘g‘ri kelar edi.

Зуҳра Абдуҳалимова
Tayyorlagan Зуҳра Абдуҳалимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid