"Yangi maktab qurish bo‘yicha 11 taga yaqin loyiha ishlab chiqildi” – Hilola Umarova
Bu yil maktablarni 398 ming o‘quvchi bitirsa, 1-sinfga qabul qilinayotgan bolalar bundan ikki barobar ko‘proq, 700 ming bo‘lishi kutilmoqda. Yangi o‘quv yili oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida soha vaziri Hilola Umarova yuklamani kamaytirish uchun yil davomida qo‘shimcha 180 ming o‘quvchi o‘rni yaratilishi reja qilinganini aytdi. Shuningdek, u o‘quvchi o‘rniga qarab bir maktab uchun qancha mablag‘ talab etilishini ham ochiqladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan o‘tgan matbuot anjumanida vazir Hilola Umarova mamlakatda maktablar defitsiti, o‘quvchilarning ko‘pligi sabab yuklama yuzaga kelayotganini ta’kidladi.
“Bu yil bizda 398 mingga yaqin o‘quvchi maktablarni bitirishdi. Lekin bu yilga birinchi sinfga 719 ming nafar bolani qabul qilishni reja qilib turibmiz. Shundan ham ko‘rsak bo‘ladiki, bizga yana 2 karra o‘quvchi o‘rniga[maktab qurilishi haqida] ehtiyojimiz bor. Hozirgi kunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida umuman 1,5 yil bo‘ldi, har bir hudud kesimida kerak bo‘lsa demografik 5 yilga qadar qancha maktablarga qo‘shimacha bino qo‘shish kerakligi, shunga o‘xshash analitika bo‘yicha alohida guruh tashkil qilingan.
Bir narsani alohida aytmoqchimanki, bu yil investitsiya dasturida ham 180 mingdan ziyod o‘quvchi o‘rni [uchun maktab qurilishi] reja qilingan. yildan bu oshib bormoqda, o‘tgan yili 118 ming o‘quvchi o‘rni yaratilgan bo‘lsa, bu yil 180-40 ming yana qo‘shimcha, ya’ni qolgan boshqa mablag‘lar investitsiya dasturi doirasida emas, balki grantlar yoki homiylar [orqali amalga oshirilishi mumkin]. Bu borada bir qancha tadbirkorlar bilan ham ishlar olib boryapmiz, o‘tgan yilning oz’ida 20 dan ziyod tadbirkorlar hududlarda maktablarni qurib, bitkazib, o‘quvchi o‘rnini tuhfa qilishdi. Shu bilan birga, hozirda xalqaro tashkilotlar bilan ish olib boryapmiz. Ya’ni qo‘shimcha maktab o‘rni – biz uchun birinchi o‘rinda prioritet”,– dedi Umarova.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, hududlarda yangi maktablarni qurish bo‘yicha o‘quvchilar o‘rnidan kelib chiqib, 11 taga yaqin loyiha ishlab chiqilgan. Bu borada tegishli vazirliklar bilan ham kelishilgani ma’lum qilindi.
“2024 yil Qurilish va uy-joy, kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi buyurtmachi tomonidan amaldagi narxlarni [aytib o‘taman]. Masalan, 330 o‘rinli maktab 13 mlrd so‘mdan ortiq summaga, 528 o‘rinligi 18,5 mlrd so‘mga, 660 o‘rinli maktab 19,5 mlrd so‘mga tushadi. Eng katta sig‘imligi 1 680 o‘rinli ta’lim muassasasi bo‘lsa, bu Sergelidagi katta qurilgan maktablar hisoblanadi, 58 mlrd so‘mga yaqin.
Maktabning quvvati, loyihalarning turidan kelib chiqib, 13 mlrd so‘mdan 58 mlrd so‘mga boradi”,– dedi vazir o‘rinbosari Temur Komilov.
Eslatib o‘tamiz, respublikadagi 10 mingdan ortiq umumta’lim muassasalarida 6,5 mln nafar o‘quvchi tahsil olayotgani e’lon qilingandi.
Mavzuga oid
13:56
O‘zbekistonda har yetti o‘quvchidan kamida bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi, nega?
14:33 / 21.11.2024
Nega o‘zbek ota-onalari bolasini rus sinflariga beradi?
20:51 / 18.11.2024
“Qurollar qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, milliy g‘urursiz ish bitmaydi” - maktablarga harbiy darslar nega kerak?
16:44 / 11.11.2024