Diyora Keldiyorova muddatidan oldin katta leytenant bo‘ldi, Ulug‘bek Rashitov va Svetlana Osipovaga ham ilk ofitserlik unvonlari berildi
Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchilari bo‘lgan Parij olimpiadasi g‘oliblarining harbiy unvonlari oshirildi. Shuningdek, sportchilarning murabbiylari ham taqdirlandi.
30 avgust kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparatida «Parij-2024» Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning murabbiylarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov sovrindor bo‘lgan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham taqdirladi. Xususan:
- Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchisi leytenant Diyora Keldiyorova muddatidan oldin navbatdagi «katta leytenant» harbiy unvoni va «To‘maris» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi;
- Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchisi kichik serjant Ulug‘bek Rashitov boshlang‘ich ofitserlik «leytenant» harbiy unvoni bilan taqdirlandi;
- Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport bo‘limi sportchisi kichik serjant Svetlana Osipovaga boshlang‘ich ofitserlik «leytenant» harbiy unvoni va «To‘maris» ko‘krak nishoni topshirildi;
- Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport bo‘limi sportchisi – oddiy askar Turdibekova Sitora Shavkat qizi «To‘maris» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
- Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi o‘qituvchi treneri – Qurolli Kuchlar xizmatchisi Xan Pavel Afanasevich ikki xonali uy bilan;
- 57 kg vazn toifasida boks sporti bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport bo‘limi sportchisi – oddiy askar Turdibekova Sitora Shavkat qizi «To‘maris» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Boks federatsiyasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev, boks bo‘yicha ayollar Bosh murabbiyi Elshod Rasulov, Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi o‘qituvchisi, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Akmal Hasanovlarga «Malakali ustoz» ko‘krak nishoni berildi.
Mavzuga oid
18:03 / 09.09.2024
“Parij olimpiadasi men uchun qiyin kechdi” – Ulug‘bek Rashitov
12:09 / 23.08.2024
Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi maxsus vakili etib tayinlandi
20:26 / 09.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Olimpiada chempionlariga qo‘ng‘iroq qildi
00:40 / 09.08.2024