Qozog‘iston Tojikistondan elektrni O‘zbekiston orqali import qilishni rejalashtirmoqda
Qozog‘iston Rog‘un GESdan elektr energiyasini O‘zbekiston orqali import qilmoqchi. Tojikiston GES qurilishini yakunlashga tashqi moliyalashtirish olish uchun energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishi kerak.
Qozog‘iston O‘zbekiston energetika infratuzilmasi orqali Tojikistondan elektr energiyasi import qilishni rejalashtirmoqda.
Qozog‘iston Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, 2023 yilda Qozog‘iston va Tojikiston 2023−2032 yillarda Rog‘un GESdan elektr energiyasi yetkazib berishni nazarda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan.
Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev Tojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Usmonali Usmonzoda va Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri o‘rinbosari Manuchehr Safarzoda bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar Qozog‘istonga elektr energiyasini eksport qilishning ehtimoliy texnik parametrlari va tijorat shartlarini ko‘rib chiqmoqda.
Elektr energiyasini yetkazib berishda texnik imkoniyatlarning mavjudligi va O‘zbekiston elektr tarmoqlari orqali kelishilgan tranzit rejimlari hisobga olinadi.
Tomonlar 2024 yil 15 oktyabrgacha Markaziy Osiyo davlatlarining manfaatdor tashkilotlari bilan qo‘shni davlatlar energetika tizimlari o‘rtasida rejadan tashqari elektr energiyasi oqimlarini tartibga solish bo‘yicha kelishuvlar tuzish imkoniyatlarini o‘rganishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
15:04
Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
17:12 / 09.11.2024
Qozog‘istonda qattiq qo‘nishni amalga oshirgan harbiy vertolyot yonib ketdi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
20:38 / 06.11.2024