Surxondaryoning ayrim hududlarida paxta terimi boshlandi
Termiz tumanidagi “Qoraxon paxtakori” fermer xo‘jaligiga qarashli 14 gektar maydonni egallagan hududda 60 sxemada “Buxoro 102” navi ekilgan.
Surxondaryo viloyatining ayrim hududlarida paxta-yig‘im terimi boshlandi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar qildi.
Termiz tumanidagi “Qoraxon paxtakori” fermer xo‘jaligiga qarashli 14 gektar maydonni egallagan hududda 60 sxemada “Buxoro 102” navi ekilgan. Bu yerda gektaridan 50 sentnerdan hosil olish ko‘zda tutilgan.
Mazkur hududda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilgani, g‘o‘zaning vegetatsiya davrida alohida nazorat olib borilgani va ularning aprobatsiyasi to‘g‘ri va o‘z muddatida amalga oshirilgani o‘z natijasini ko‘rsatgan.
Bo‘liq ko‘saklar ochilgan, olimlarning fikriga ko‘ra, 49 sentnerdan hosil olish mumkin. Tumandagi boshqa fermer xo‘jaliklarida paxta terimiga start berilgan bo‘lib bu yerda 2 sentabrdan bu yerda paxta terimini boshlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024