O‘zbekiston | 12:16 / 31.08.2024
3131
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda rasman ishlayotgan talabalar soni ma’lum qilindi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistonda rasman ishlayotgan talabalar yuzasidan ma’lumot berdi. 

Foto: Kun.uz

"Yagona milliy mehnat tizimi"dan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda rasman ishlayotgan talabalar soni 114 239 nafarni tashkil etmoqda.

Jumladan:

  • davlat tashkilotlarida – 61 977 nafar (54,3 foiz);
  • xususiy sub’yektlarda – 48 371 nafar (42,3 foiz);
  • ikkala sektorda – 3 891 nafar (3,4 foiz).

Jins bo‘yicha:

  • erkak - 67 142 nafar (58,8 foiz);
  • ayol - 47 097 nafar (41,2 foiz).

Hududlar kesimida top-5:

  • Toshkent shahri - 35 939 nafar (31,5 foiz);
  • Samarqand viloyati - 9 914 nafar (8,7 foiz);
  • Farg‘ona viloyati - 9 697 nafar (8,5 foiz);
  • Toshkent viloyati - 8 907nafar (7,8 foiz);
  • Qashqadaryo viloyati - 8 269 nafar (7,2 foiz).

Mavzuga oid