Xitoy va Filippin kemalari bahsli hududda bir-biri bilan to‘qnashib ketdi
Hodisa Xitoy sohil qo‘riqlash xizmatining 5205 kemasi hamda Filippinning yirik patrul kemalaridan biri bo‘lgan Teresa Magbanua ishtirokida yuz bergan.
Janubiy Xitoy dengizining bahsli hududida Xitoy va Filippinga tegishli kemalar o‘zaro to‘qnashib ketdi, deb xabar beradi Reuters.
Xitoy sohil qo‘riqlash xizmatining ma’lum qilishicha, Filippinga tegishli kema noqonuniy ravishda Janubiy Xitoy dengizining Syanbin rifi hududiga kirgan va Xitoyga tegishli kemani «qasddan turtib ketgan».
Filippin sohil qo‘riqlash xizmati esa «to‘qnashuvda» Pekinni aybladi.
Singapurning CNA kanali ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa Xitoy sohil qo‘riqlash xizmatining 5205 kemasi hamda Filippinning yirik patrul kemalaridan biri bo‘lgan Teresa Magbanua ishtirokida yuz bergan.
Xitoyning Filippin bilan Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy bahsi davom etmoqda — Haaga arbitraj sudi Xitoy ushbu hududlarda hech qanday huquqqa ega emasligi bo‘yicha qaror chiqargan.
19 avgust kuni Filippinning Palavan orolidan 200 kilometr, Xitoyning Xaynanidan esa 1000 kilometr uzoqlikda ham har ikki davlat kemalari to‘qnashib ketgandi. Ushbu hudud orqali Xitoy va Hind okeani orqali muhim savdo yo‘li o‘tgan.
Bahorda AQSh Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi rahbari admiral Jon Akilino Vashington Xitoyning harakatlaridan xavotirda ekanini bildirgandi. Pekinning Janubiy Xitoy dengizida nazoratni o‘rnatish bo‘yicha bir tomonlama qadamlarini Akilino «xavfli, noqonuniy va mintaqani beqarorlashtiruvchi», deb atagan edi.
Mavzuga oid
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
19:13 / 21.11.2024
Xitoyda 83 mlrd dollarlik oltin zaxirasi topildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
23:34 / 19.11.2024